Хива тумани прокурори А.Рузметовнинг ҳисоботи
2026-02-02 13:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum aziz hamyurtlar, tumanimiz fuqarolari va mexmonlari!
Joriy yilning 1 oyi maboynida Xiva tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibi hamda fuqarolar havfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Joriy yilning 1 oyi davomida jami 27 (11) ta jinoyatlar qayd etildi.
Shularning:
3 tasi (11,1%) oldi olinishi lozim bo‘lgan;
7 tasi (25,9 %) aniqlanadigan jinoyatlar;
17 tasi (63,0 %) kiber jinoyatlarni tashkil etadi.
Joriy yil 1 oyida qayd qilingan jinoyatlar tumanning har 100.000 aholiga nisbati 17,1 tadan to‘g‘ri keldi.
Jinoyat turlaridan qotillik, og‘ir tan jaroxati, o‘rtacha og‘ir tan jaroxati, firibgarli, bosqinchilik, talonchilik, nomusga tegish, o‘g‘irlik, avto transport olib qochish, jinoyati sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi, firibgarlik, o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l transport xodisalari jinoyati kamaygan.
Tashabbus bilan, 2 ta giyohvandlik, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash, 1 ta qimorxona tashkil qilish, 1 ta poraxo‘rlik va 1 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlandi, qidiruvda bo‘lgan 1 nafar shaxslar ushlanib jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Qilinayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bog‘liq ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalsam. Xususan tumanimizda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyat turlaridan o‘rtacha og‘ir tan jaroxati yetkazish, aliment jinoyatlari ko‘payishiga yo‘l qo‘yildi.
Aziz hamyurtlar!
Hozirgi zamonda tobora ommalashib borayotgan kiber makonda o‘g‘irlik hamda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar kun va vaqt sayin oshib bormoqda.
Ushbu turdagi jinoyatlar deyarli har bir fuqaromizning bevosita shaxsiy havfsizligi bilan bog‘liq bo‘lib, fuqarolarimiz tomonidan foydalanib kelayotgan bank plastik kartalaridan pul moddiy qiymatliklarining masofaviy o‘zlashtirishning biron bir imkoniyati mavjud emasligi ayni haqiqat bo‘lib, biroq kiber makondagi ommaga noma’lum bo‘lgan hakkerlar tomonidan turli aldov va chalg‘ish yo‘llari orqali sizning bank kartangizdan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritib, pullaringizni masofaviy o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda biz ichki ishlar xodimlari mazkur hakkerlar tomonidan ushbu aldov va chalg‘itish yo‘llarini oldindan aniqlab, ularni sizning ixtiyoringizga imkon qadar tezlikda yetkazishga harakat qilamiz. Buning uchun sizdan, o‘zingiz yashab kelayotgan mahallaning telegram ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan guruhlarga doimiy a’zo bo‘lib, ushbu guruhlarga mas’ul xodimlar tomonidan kunlik joylab boriladigan ogohlikka chaqiruvchi videoroliklarni kuzatib, ularga doimiy ravishda amal qilishlaringizni iltimos qilgan bo‘lar edik.
Qadirli tumanimiz fuqarolari, shu bilan bir qatorda, yo‘l transport hodisalari, o‘g‘irlik, firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlarning qurboni bo‘lib qolmasliklaringiz uchun o‘zingiz va atrofingizda sodir bo‘layotgan har bir shubhali holatlarga befarq bo‘lmasligingizni so‘rab qolaman.
Barchangizni oilangizga tinchlik-hotirjamlik tilab, yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida yelkama-yelka xizmat qilishga chorlab qolamiz.
Ro‘zmetov Alisher
Xiva tuman prokurori
2026 yil 02 fevral
