Qoraqolpog‘iston Respublikasining Taxiatosh va Qonliko‘l tumanlarida "Oila va xotin-qizlar maskani"ning ochilish marosimi o‘tkazildi.
2025-03-14 10:30:00 / Yangiliklar

Tantanali ruhda o‘tgan marosimlarda soha mutasaddilari hudud xotin-qizlarini yangi maskan bilan qutlashdi.
🔸 Endilikda, yangi hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan hudud yoshlari mazkur maskanlarda ta’lim olishadi, hunar o‘rganishadi hamda zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishadi.
✅ Ma’lumot uchun: Respublikamizning qator tuman-shaharlarida "Oila va xotin-qizlar maskani" binolarining tantanali ochilish marosimlari o‘tkazilib, foydalanishga topshirilmoqda.
Bu esa mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan islohotlarning ijrosi o‘z natijasini berayotganidan dalolat.