GRAN-PRI SOHIBI - HAM SPORTCHI HAM MURABBIY
2024-12-27 18:10:00 / Yangiliklar
Nigora Palvanova nafaqat sportchi, balki ayollar sportda yuzlashadigan barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha hayotdagi chinakam namunadir. Badiiy gimnastika — go‘zallik, sanʼat hamda iroda uyg‘unligini talab qiladigan sport turi. Ammo bu sport ortida nechog‘lik sabr, intizom va qiyinchilik borligini hamma ham tushunavermaydi.
✅ Nigora badiiy gimnastika sohasidagi oliy toifali hakam va murabbiy sifatida o‘nlab isteʼdodlarni kashf etib, sportga muhabbat bag‘ishlay oldi. 2019-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda uning shogirdlari O‘zbekiston kubogining ko‘p karra g‘oliblari bo‘lib, ularning har biri o‘z yurti va ustozi nomini yuksak marralarga ko‘tardi. O‘zi ham 2022-yilda Tailand va Turkiya davlatlarda bo‘lga xalqaro musobaqalarda 1-o‘rin egallagan. 2023-yilda Filippinda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1- o‘rinni qo‘lga kiritgan. U 2024-yilda Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 3-o‘rin, 2024-yil Misrda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirlarda g‘olibi hamdir.
🔹 Mamlakatimizda xotin-qizlarning sportdagi yutuqlari doim o‘ziga xos qadrlanadi, chunki ular nafaqat mehnati, balki matonati ortidan turli darajadagi natijalarga erishadilar. Nigora Palvanova turli to‘siqlarning har birini sabr va mahorat bilan yengib, o‘zinigina emas, balki minglab shogirdlarini ham katta marralarga olib chiqdi.
🔸 Uning xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritgan g‘alabalari — xotin-qizlar uchun sportdagi chegaralar yo‘qligini ko‘rsatuvchi yorqin misoldir. Qator sportchi g‘olib xotin-qizlarimiz qatorida Parijdagi Olimpiada o‘yinlari finaliga qadar yetgan Palvanova nafaqat o‘zining, balki o‘z xalqining sharafini yuksalishiga hissa qo‘shdi, deya faxr bilan eʼtirof eta olamiz.
🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi jamoasi Nigora Palvanovani “Yil ayoli” milliy tanlovida oliy sovrin – Gran-pri sohibi bo‘lgani munosabati bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida yana-da ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.