Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva Bo'ka tumanining "Jo'raobod" mahallasi "Guliston" qishlog'ida bo'ldi.
2024-11-10 09:15:00 / Yangiliklar
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari bilan bog'liq mavjud muammolarni hal etish, obodonlashtirish hamda ijtimoiy soha ob'ektlari faoliyatini samarali tashkil etish, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo'yicha Bo'ka tumanining "Jo'raobod" mahallasi "Guliston" qishlog'ida bo'ldi.
✅ Mas’ullar bilan birgalikda xotin-qizlar bilan muloqot qilindi, xonadonlarga kirildi. Aniqlangan muammolarning ayrimlari joyida bartaraf etildi. Ayrim muammolarni bartaf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.