O‘zbekistonning Pekin deklaratsiyasi va Harakat dasturini amalga oshirishda erishgan yutuqlari e'tirof etildi.
2024-10-25 14:25:00 / Yangiliklar
![O‘zbekistonning Pekin deklaratsiyasi va Harakat dasturini amalga oshirishda erishgan yutuqlari e'tirof etildi.](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fa7bbb511-7813-1001-8a48-109435ea0366_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
2024 yil 21-22-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan “Pekin+30” mintaqaviy sharhi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining yevropa iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir “Pekin konferensiyasining 30 yillik majburiyatlari sharhi” mavzusiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida senator Gulnora Marufova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimova, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari milliy markazi direktori o‘rinbosari Dilnoza Muratovalar ishtirok etdi.
Tadbirda gender tengligi, xotin-qizlar huquqlari uchun siyosiy javobgarlikni kuchaytirish hamda Pekin deklaratsiyasi va Harakat platformasi doirasida qabul qilingan majburiyatlarni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlarni jadallashtirishda mintaqaviy hamjihatlikka erishish masalalari muhokamasiga asosiy e'tibor qaratildi.
Bu borada so‘nggi besh yil ichida erishilgan yutuqlar tahlil qilindi, baholandi, gender tengligi sohasidagi dolzarb muammolar va muvaffaqiyatli amaliyotlar tahlil qilindi. Ishtirokchilar ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, qaror qabul qilish jarayonlarida ularning ishtirokini kuchaytirish va zo‘ravonlikka qarshi kurashish usullarini tezlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Yig‘ilishda BMTning yevropa Iqtisodiy Komissiyasi mintaqasida gender tengligini ta'minlash va ayollar huquqlarini kengaytirish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar, jumladan:
• gender tengligiga erishish sur'atlarini oshirishning asosiy yo‘nalishlari;
• ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishni tezlashtirish orqali tinch, adolatli va inklyuziv jamiyat barpo etish;
• rahbarlik lavozimlarida ayollar ishtirokini oshirish va qarorlar qabul qilish jarayonida ularning to‘liq va teng ishtirokini ta'minlash;
• ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish;
• gender tengligini ta'minlash uchun mablag‘ jalb qilish;
• gender tafovutini yo‘qotish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun siyosatni samarali amalga oshirish kabi dolzarb masalalar ham muhokamalar markazida bo‘ldi. Ochiq muloqotlar ishtirokchilarga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish imkonini berdi.
O‘zbekistonda gender tengligiga erishish, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, siyosat va qaror qabul qilish jarayonlarida ularning huquq va imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish borasida erishilgan tajriba xalqaro miqyosda e'tirof etildi, qo‘llab-quvvatlandi. Mamlakatimizning gender tengligini ta'minlash sohasida erishgan natijalari eng yaxshi amaliyotlar sifatida e'tirof etildi.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari “BMT-Ayollar” tuzilmasi ijro etuvchi direktorining normativ ta'minot, tizim natijalarini muvofiqlashtirish va BMT dasturlari bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, “BMT-Ayollar” tuzilmasining yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Belen Sans Luke bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muloqotlar chog‘ida O‘zbekistonning Pekin deklaratsiyasi va Harakat dasturini amalga oshirishda erishgan yutuqlarini yuqori baholandi. Ular O‘zbekiston hukumatini gender tengligini ta'minlash yo‘lida qat'iy choralar ko‘rishda davom etishga va ayollar huquqlarini nafaqat mintaqaviy, balki global darajada ilgari surishda yetakchilikni boy bermaslikka chaqirdi.
🌐Facebook (https://www.facebook.com/wcuuzofficial) |🌐Instagram (https://instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi) |🌐Youtube (https://youtube.com/@wcuuzofficial)