“Gender tenglik faoli” hamda “Yil ayoli” milliy tanlovlarining tegishli bosqichlari boʻlib oʻtmoqda
2024-10-30 10:45:00 / Yangiliklar
✅ Oila va xotin-qizlar qoʻmitasida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik qoʻmitasi vakili Gulnora Marufova, Qoʻmita raisi Ozoda Parpiboyeva, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Mukarram Nurmatova hamda Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda gender tenglikni taʼminlash boʻlimi xodimlari, hududiy hokimlarning oʻrinbosarlari – Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, gender tenglik boʻyicha masʼul xodimlar ishtirokida yigʻilish bo’lib o’tdi.
✅ Yigʻilish maqsadi “Gender tenglik faoli” hamda “Yil ayoli” milliy tanlovlarining viloyat (shahar) bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish, jarayonlarning mahalliy va markaziy OAVlarda keng yoritilishi boʻyicha hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda masʼullariga tegishli koʻrsatmalar berildi.
📍 Bundan tashqari, ushbu milliy tanlovlarning gʻoliblarini taqdirlash marosimlari “Gender tenglik faoli” (noyabr oyida) va “Yil ayoli” (dekabr oyida) alohida oʻtkazilishi ham taʼkidlab oʻtildi.
🌐Facebook (https://www.facebook.com/wcuuzofficial) |🌐Instagram (https://instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi) |🌐Youtube (https://youtube.com/@wcuuzofficial)