🇺🇿🇾🇪Oila va xotin qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva Misr Arab Respublikasi Senati raisi o‘rinbosari F.Girgis bilan uchrashdi.
2024-10-28 18:40:00 / Yangiliklar
✔️ Uchrashuvda qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida birgalikda axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish; O‘zbekistonda xotin-qizlar va oila mavzularida o‘tkaziladigan tadbirlarda Misr vakillarining ishtirok etishi; yoshlarni, ayniqsa, qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, birgalikda ular orasida tadbirkorlik,hunarmandlik, boshqa zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tanlovlar o‘tkazish; Misr parlamentidagi ayol deputatlarning O‘zbekistonga tanishuv safarlarini hamda Misr Arab Respublikasi deputatlari bilan tanishish safarlarini tashkillashtirish kabilar.
💫 F.Girgis tomonidan kuni kecha bo‘lib o‘tgan saylovlar jarayonida ayollarning faol ishtiroki eʼtirof etildi. Jumladan, “1 million salomatlik” dasturi asosida qishloq hududlariga yashayotgan ayollarni saratonga qarshi skriningdan o‘tkazish va bepul oliy toifali shifokorlar ko‘rigini tashkillashtirish, har ikki mamlakatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka jazo choralari murakkablashtirilganligi, bu borada o‘zaro tajriba almashish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha fikr almashildi.
🌐Facebook (https://www.facebook.com/wcuuzofficial) |🌐Instagram (https://instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi) |🌐Youtube (https://youtube.com/@wcuuzofficial)