Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (QXRXJ) ishtirokidagi “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” investisiya loyihasi boʻyicha MA'LUMOT
1. Loyihani amalga oshirish boʻyicha qaror: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 maydagi PQ-172 sonli qarori.
2. Loyiha maqsadi: Asosiy maqsadi kichik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida qashshoqlik darajasini kamaytirish va kichik xoʻjaliklarda iqlim oʻzgarishining ta'sirini yumshatish.
3. Loyiha hududi: Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;
4. Loyihaning umumiy qiymati: 53,01 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qiladi, shu jumladan:
- QXRXJ jami mablagʻi – 37,8 mln AQSh dollari, shundan imtiyozli kredit mablagʻi – 30,0 mln hamda kredit mablagʻi – 7,8 mln dollar AQSh dollar;
- Oʻzbekiston Respublikasi ulushi – 9,27 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar (soliq, bojxona va ofis ijara xarajatlari toʻlovlari koʻrinishidagi 3,69 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar, investisiya davrida moliyaviy xarajatlar koʻrinishidagi 5,58 mln AQSh dollari ekvivalentida);
- Benefisiarlar ulushi – 5,94 mln. AQSh dollar ekvivalentidagi mablagʻlar;
Qarz bitimi imzolangan sana: 2025 yil 24 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi oʻrtasidagi Imtiyozli kredit bitimi (Loan No 200000521) hamda Kredit bitimi (Loan No 200000522) imzolangan.
Texnik iqtisodiy asosning (TIA) mavjudligi: 2025 yil 14 maydagi PQ-172 sonli qaror bilan tasdiqlangan.
Loyihani amalga oshirish muddati: 7 yil (2025-2031 yy).
Loyiha boʻyicha holat:
Loyiha doirasidagi imtiyozli kredit mablagʻlari 15,54 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ushbu mablagʻlar boʻyicha 9,0 mln. AQSh dollariga tijorat banklari bilan Qayta kreditlash Bitimlari imzolangan. Shundan;
AT Xalq banki-2,0 mln. AQSh dollari,
AT Aloqabank-4,0 mln. AQSh dollari,
ChEKI “Xamkorbank” ATB-3,0 mln.
QXRXJ ning 2025 yil 9-12 dekabrdagi Missiyasining tashrifi boʻyicha taqdim etgan Eslatma xatiga (Pamyatnaya zapiska) asosan loyihaning komponentlar doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar 2026 yildan boshlanishi ta'kidlangan.
2026 yil 11 fevralda loyiha doirasida bazaviy tadqiqot oʻtkazish uchun konsalting kompaniya tanlash maqsadida tenderga e'lon berildi. Hozirda tenderda gʻolib deb topilgan tashkilot bilan shartnoma imzolandi. Joriy yil may-iyun oylarida loyiha hududlarida bazaviy tadqiqot ishlarino olib borib, iyun oyi ohirida yakuniy hisobitini kiritish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, sut yigʻish shahobchalarini tashkil etish boʻyicha loyiha talablariga mos keluvchi loyiha tashabbuskorlarini roʻyxatini shakllantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda loyihani amalga oshirilishi koʻzda tutilgan viloyat hokmiliklariga tegishli murojaatlar yuborilgan. Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Djizzax va Sirdaryo viloyat hokimliklari tomonidan tashabbuskorlar roʻyxati taqdim etildi, yil yakuniga qadar ushbu hududlarda pilot tariqasida 1 tadan (jami 5 ta) sut yigʻish puntlari oʻrnatiladi.
