QIZIQISH BILDIRISHNI TAQDIM ETISH BO‘YICHA SO‘ROV
2026-02-11 09:20:00 / Tender va e’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi
Loyiha: Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) ishtirokida «O‘zbekistonda sut sektorida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish – II bosqich» loyihasi.
Xizmat nomi: «O‘zbekistonda sut sektorida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish – II bosqich» loyihasi doirasida Bazaviy tadqiqot (Baseline Study) o‘tkazish bo‘yicha konsalting xizmatlari»
Shartnoma raqami: № DVCDP-II/CON/18
1. Umumiy ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasidan (IFAD) «O‘zbekistonda sut sektorida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish – II bosqich» loyihasini amalga oshirish uchun moliyalashtirish olgan (“xarid qiluvchi tashkilot”) va mablag‘larning bir qismini bazaviy tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha konsalting xizmatlarini jalb etishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan mazkur Qiziqish bildirishni taqdim etish bo‘yicha so‘rov e’lon qilinadi.
2. Ishtirok etishga taklif
Buyurtmachi yuridik ro‘yxatdan o‘tgan konsalting kompaniyalarini (individual konsultantlar emas) bazaviy tadqiqot (Baseline Study) o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qiziqish bildirishlarini taqdim etishga taklif etadi. Batafsil ma’lumot texnik topshiriqda keltirilgan.
3. Tanlov tartibi
Tanlov jarayoni IFAD xaridlar bo‘yicha qo‘llanmasida belgilangan Consultant Qualification Selection (CQS) usuli asosida amalga oshiriladi. Qo‘llanma www.ifad.org/project-procurement saytida mavjud.
4. Qo‘shimcha ma’lumot olish
Texnik topshiriq nomzodlarning yozma so‘roviga ko‘ra quyida ko‘rsatilgan manzil orqali taqdim etiladi.
5. Konsultantga qo‘yiladigan malakaviy talablar
Konsalting kompaniyasi quyidagi malakaga ega bo‘lishi lozim:
- Qishloq xo‘jaligi va chorvachilikni rivojlantirish loyihalarida kamida 5 yillik konsalting tajribasi;
- So‘nggi 5 yil davomida xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarda bazaviy tadqiqotlar, ijtimoiy-iqtisodiy so‘rovlar va ta’sirni baholash tajribasi;
- IFAD, Jahon banki, OTB, FAO va boshqalar loyihalari doirasida kamida 5 ta o‘xshash muvaffaqiyatli shartnomalarni bajarganlik;
- Markaziy Osiyo yoki boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda bazaviy tadqiqotlarni amalga oshirish tajribasi.
6. Qiziqish bildirishlarni taqdim etish
Qiziqish bildirishlar (So‘rovda ko‘rsatilgan shakllarda) 2026 yil «25» fevral kuni soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) quyida ko‘rsatilgan manzilga taqdim etilishi lozim.
Qiziqish bildirish elektron shaklda ham ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin. Belgilangan muddatdan kech topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Aloqa ma’lumotlari:
Kimga: Sherzod Rajametov, Loyiha menejeri
Ijro etuvchi agentlik: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi
Manzil: 100022, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi, 22-uy
Tel./Faks: +998903995665
E-mail: procurement.dvcdp2@gmail.com
