UniSat: Hatto osmon ham chegara emas!
2025-11-04 15:30:00 / Yangiliklar

TOSHKENT, 2025 yil 3-noyabr – UNICEF, Tech4Impact nodavlat tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Oʻzbekistonda birgalikada amalga oshirilgan UniSat dasturinining natijalarini sarhisob qildilar.
Jahon Iqtisodiy Forumining 2025 yilgi “Ish o‘rinlari kelajagi hisoboti”ga ko‘ra, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish global mehnat bozorini shakllantiruvchi eng muhim omillardan biridir. Sun'iy intellekt, katta hajmdagi ma'lumotlar va umuman texnologiya savodxonligi kabi texnologik ko'nikmalarga, shuningdek qayta tiklanadigan energiya manbalari va ekolog-muhandislariga talab ortib bormoqda
“Dunyo miqyosida ayollar STEM sohasidagi ishchi kuchining atigi 28 foizini va STEM bitiruvchilarining 35 foizini tashkil qiladi. Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich 27 foizdir. Shuning uchun UniSat dasturi shunchaki sunʼiy yoʻldosh uchirishdan koʻra koʻproq ma‘noni anglatadi”,- dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolathonasi rahbari Rehina Kastijio. “Bu orzular, kelajakdagi karyeralar va Oʻzbekistonda ilm-fan rivojiga qoʻshilgan muhim hissalar uchun start maydonidir. UniSat dasturi qiziqishni uygʻotadi, oʻziga ishonchni mustahkamlaydi va ilgari erishib boʻlmaydigan imkoniyatlarga eshiklarni ochadi”, deya taʼkidladi u.
UniSat dasturi 2021yilda boshlanganidan beri, mamlakat bo'ylab 1000 dan ortiq qizlar fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida bilim olib va ko'nikmalarga ega bo'ldilar. Ular, shuningdek, jamoaviy ish, notiqlik va vaqtni boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirdilar. Dasturning 2025 yildagi ishtirokchilarining yarmidan ko'pi (58,3%) 15-17 yoshdagi qizlardir.
O'zbekistonda, dunyoning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi, turli sabablarga ko'ra o'g'il va qiz bolalar o'rtasida kompyuter savodxonligi, texnik ta'lim va karyera sohasida sezilarli tafovut saqlanib qolmoqda. UNICEF tadqiqotiga ko'ra, O'zbekistondagi ayollar va qizlar hanuz ayollar uchun an'anaviy hisoblangan sog’liqni saqlash, ta'lim va xizmat ko’rsatish sohalarida bilim oladilar va mehnat qiladilar. UniSat qizlarning zamonaviy texnologik dunyoda o'zini o'zi anglash imkoniyatlarini kengaytirish orqali bu tafovutni kamaytirishga yordam beradi va shu bilan O'zbekiston hukumati tashabbuslarini amalga oshirishga hissa qo'shadi.
“Uchinchi yildirki, UniSat dasturi nafaqat qizlarni nafaqat kosmos, robototexnika va dasturlashni oʻrganishga ilhomlantiradi, balki ularga stratosferada haqiqiy ilmiy tajribalar oʻtkazish imkoniyatini ham beradi. Ishtirokchilarimiz yaratayotgan loyihalar — biologik tadqiqotlardan tortib atmosfera ifloslanishini oʻrganishgacha — yuqori darajadagi bilim va ijodkorlikni namoyish etadi. Biz Oʻzbekistondagi qizlarning fan va texnologiyalar sohasida katta salohiyatga ega ekanligini koʻrmoqdamiz”, - dedi Tech4Impact nodavlat tashkiloti direktori Saida Yusupova.
Bu yil qizlar ikkita 3U CubeSat nanosun'iy yo'ldoshlarini uchirishdi. Shunisi e'tiborga loyiqki, UniSat dasturi tarixida birinchi marta nanosun'iy yo'ldoshlar stratosferada 27 kilometr balandlikka ko'tarildi. Biologik xilma-xillik bo'yicha mutaxassislar bilan birgalikda qizlar biologik tajribalar o'tkazib, harorat, bosim va nurlanish biologic o'zgarishlarga qanday ta’sir qilishini kuzatdilar.
“UniSat loyihasi mamlakatimizda nafaqat texnologiyalardan foydalana oladigan, balki ularni
yarata oladigan avlod o‘sib kelayotganini ko‘rsatdi. UniSat - bu nafaqat sun’iy yo‘ldoshlarni
yig‘ish va uchirish, balki birinchi navbatda O‘zbekiston qizlari uchun kosmik sohada o‘z o‘rnini
ishonch bilan egallaydigan yangi voqelikni yaratishdir”, dedi Muhiddin Ibragimov, Kosmik
tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori o'rinbosari.
UniSat hamkor tashkilotlari davlat idoralari, xususiy sektor, akademik doiralar va fuqarolik jamiyatini barcha qizlar uchun STEM sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga chaqirdilar. Murabbiylik, amaliyot, resurslar va mablag' bilan ta’minlash orqali qizlarni, xususan mamlakatning chekka hududlaridagilarni, STEM sohasida muvaffaqiyatli karyera qilishda va yetakchi bo’lishda qo’llab-quvvatlash mumkin.
Bugungi tantanali marosimda UniSatning birinchi mavsum bitiruvchilarining muvaffaqiyatlari to’g’risida hikoya qilindi, xususiy sektor vakillari O'zbekistondagi qizlar uchun STEM sohasidagi karyerani rivojlantirish salohiyati haqida taqdimot qildilar. Tadbir barcha UniSat 3.0 ishtirokchilari va finalchilariga sertifikatlar topshirish bilan yakunlandi.
Qo’shimcha ma’lumot olish uchun kontaktlar:
|
Nodirbek Muqimov Matbuot kotibi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Telefon: 99893 5480315 El.pochta: Nodirbek.mukimov.95@mail.ru
|
Yelena Seleznyeva |
|
Inna Volfson Yoshlar va o‘smirlar rivojlanishi masalalari bo‘yicha maslahatchi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Telefon: 99893 5055256 El.pochta: iwolfson@unicef.org
|
Nargiza Egamberdiyeva Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Telefon: 99893 3803419 El.pochta:negamberdieva@unicef.org
|


