O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoni — “2019–2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Mazkur Farmon farmatsevtika tarmog‘i va sog‘liqni saqlash tizimida zarur amaliyotlar — GxP talablarini joriy etish uchun asos yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoni — “2022–2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. Farmatsevtika tarmog‘ini 2022–2026-yillarda rivojlantirishga qaratilgan strategik hujjat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-son Farmoni — “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. Farmatsevtika sohasini tartibga solish, dori vositalari muomalasi va dorixonalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-son Farmoni — “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. Hujjat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, raqamlashtirish hamda ilg‘or standartlarni joriy etishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son qarori — “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. Qaror bilan 2020–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-14-son qarori — “Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. Qaror farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va 2024–2025-yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlaydi.
47
Oxirgi yangilanish: 2026-06-18 15:32:59