O‘zbekiston va Sloveniya farmatsevtika sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda
2025-06-11 14:00:00 / Yangiliklar

2025-yil 11-iyun kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Sloveniyaning "Marifarm" kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish va eko yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Xususan, o‘simliklar asosidagi zamonaviy dori vositalarini mahalliylashtirish, texnologik hamkorlik va mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va O‘zbekiston farmatsevtika bozorini yanada diversifikatsiya qilishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.





