Sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQSHga nisbatan chora ko‘rildi
2025-03-12 16:00:00 / Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Kitob tumanida joylashgan “K.F.” MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan tovar qiymatining ellik foizi miqdorida (9,2 mln so‘mlik) iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida: Sotuvchilar tomonidan sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilish — sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan realizatsiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.