Jizzax shahrida 298,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
2025-03-12 12:00:00 / Yangiliklar
“Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahri “Zargarlik” MFYda joylashgan ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qarashli ma’muriy binosi tegishli loyiha-texnik hujjatlarisiz tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 298,2 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.