Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan brigadaga nisbatan chora ko‘rildi
2025-03-12 10:00:00 / Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Shahrisabz tumani "Qorasuv" MFYda joylashgan 1956-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoidalari ta’lablariga rioya qilmagan holda ishlayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan brigada ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.