Fuqarolarning har bir murojaati “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tezkorlik bilan o‘rganilmoqda
2025-03-11 18:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona shahrida joylashgan "Bahor" nomli AYOQSHda "Ai-80 markali avtobenzin shoxobchada sotilmasdan saqlanayotganligi" yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” qilingan murojaat tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi.
Mazkur murojaat yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan "Umid MMM" firmasiga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ushbu AYOQSH tomonidan joriy yilning mart oyi davomida Ai-80 markali avtobenzini birja savdolari orqali xarid qilinmaganligi hamda iste’molchilarga ushbu markali avtobenzini sotilmaganligi ma’lum bo‘ldi.