Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
2026-10-08 16:00:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan MA’LUMOT
(2017-2026)
1. Maktabgacha ta’lim sohasida
‒ Koreya bilan maktabgacha ta’lim rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq memorandum va kelishuv imzolangan (2018-2025 yillarda).
Kelishuvlar natijasida Koreyaning Puchon universitetining Toshkentdagi filiali tashkil etildi, 200 nafar ta’lim xodimlarining malakasi oshirildi, 12 mln dollarga teng granti hisobidan Innovasion maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda.
‒ Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangan.
Unga ko‘ra bir nechta maktabgacha ta’lim tashkilotlari videokonferensiyalar uskunalari, smart-stol va interaktiv panellar bilan jihozlandi, 45 nafar pedagog va xodim Xitoy Xalq Respublikasida malakasini oshirdi, “Anji Pley” dasturi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Xitoy tajribasi joriy etish boshlanmoqda.
Sun’iy intellekt bo‘yicha 7 jildlik qo‘llanma mahalliylashtirildi.
‒ Fransiya ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha Deklaratsiya imzolangan (2023 va 2025 yillarda).
Hamkorlik dorirasida Kokoro Lingua maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan Toshkent shahrida 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ilk bora fransuz tilini erta yoshdan o‘rgatish loyihasi boshlandi.
2027–2028 o‘quv yili uchun 190 ming nusxadan ortiq darslik yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
‒ Rossiya Federatsiyasi bilan maktabgacha ta’lim sohasida 2020 yildan boshlab “Mittivoy” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Loyiha doirasida 1 500 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim sohasi pedagoglari va metodistlarining malakasi oshirilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahrida filiali ochildi.
Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekistonda YUNESKO shafeligidagi maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etildi.
Italiyaning dunyoga mashxur Redjio emiliya markazi filiali 2026 yakuniga qadar Toshkent shahrida ochiladi.
2. Maktab ta’limi sohasida
‒ AQSH bilan 2019-2025-yillar davomida English-Speaking Nation “Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat” dasturi amalga oshirilgan. Dastur doirasida 18 000 nafardan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari malakasi oshirilgan).
YUSAID – Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan 2019-2025-yillar mobaynida “O‘zbekistonda Barkamollik uchun ta’lim” dasturi (UEEP), “Barcha bolalar muvafaqqiyatli” dasturi, “YES - Youth emmployment skills” loyiha amalga oshirildi.
Xalqaro ta’lim uchun Amerika kengashlari tashkiloti (American Councils for international education, O‘zbekistonda filiali mavjud) bilan hamkorlikda Future Leaders Exchange (FLEX) – Kelajak liderlari o‘quvichilar almashinuv loyihasi orqali 200 dan ortiq o‘zbekistonlik o‘quvchi AQSH maktablarida almashinuv asosida ta’lim oldi, The English Access Scholarship Program (Access) dasturi asosida 12 ta maktabda ingliz tili bo‘yicha to‘garaklar tashkil etildi, Education Leadership Development Program (ELDP) dasturida 300 dan ortiq maktab rahbarlarining liderlik va pedagogik mahoratini oshirdi.
‒ Germaniyaning Myunxen texnika universiteti o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish va “Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun: “Yangi O‘zbekiston” universiteti prezidenti Germaniya fuqarosi Professor Volfgang A. Xerrmann O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda “Katta sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishda nemis tilining o‘rni” loyihasi doirasida 10 ta pilot maktabda yozgi ta’til davriga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqildi.
Xalqaro miqyosda tan olingan darsliklarni mahalliylashtirish va joriy etish maqsadida “Klett Verlag” nashriyoti bilan 1-11-sinflar uchun nemis tili darsliklari ishlab chiqildi.
‒ O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
O‘zbekistonning Parij shahridagi Elchixonasi ko‘magida Fransiyaning “Amora” assosiatsiyasi tomonidan maktab va liseylar uchun fransuz tili bo‘yicha 1 700 dona kitob va darsliklarni (980 nomda) bepul taqdim etildi.
Bugungi kunda 560 ta maktabda (5 245 ta sinf) 119 367 nafar o‘quvchiga fransuz tili o‘rgatilmoqda.
“Didier” nashriyoti bilan fransuz tili darsliklari (325 256 ta) ishlab chiqildi.
Fransiya Elchixonasi bilan hamkorlik umumta’lim maktablariga 36 nafar fransuz pedagog jalb etildi.
Respublikadagi 6 ta hududda fransuz tili joriy etilgan maktablar bazasida o‘quvchilar uchun DELF scolaire imtihon markazlarini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Fransiyada stajirovka o‘tash uchun O‘zbekistondan 200 nafar o‘qituvchini yuborish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
‒ So‘nggi yillarda Rossiya Federatsiyasi bilan maktabgacha va maktab ta’limi sohasida ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Xususan:
Respublikada 946 ta maktabda rus tilida ta’lim beriladi (685 334 nafar o‘quvchi).
Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi bilan “Klass!” (“Zo‘r!”) loyihasi doirasida 500 nafardan ortiq rossiyalik pedagog
va metodistlar O‘zbekistonga kelib, 10 ming nafardan ortiq o‘qituvchining rus tili bilimi va pedagogik kompetensiyalari oshirib borilmoqda.
Har yili Rossiya–O‘zbekiston qo‘shma ta’lim forumi o‘tkazilib, unda ikki mamlakatning barcha ta’lim bosqichlari vakillari ishtirok etadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonlik o‘quvchilar Rossiya tomonidan tashkil etiladigan Mendeleyev nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida, Kavkaz matematika olimpiadasi hamda Astronomiya bo‘yicha jahon ochiq olimpiadasida muntazam ishtirok etmoqda.
2024-yildan boshlab O‘zbekistonlik o‘quvchilar har yili o‘tkaziladigan “Xotira poyezdi” loyihasida ishtirok eta boshladi.
2024-yilda ushbu loyihada O‘zbekistondan 15 nafar, 2025 yilda esa
10 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
‒ Koreya bilan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
Respublikada 68 ta umumta’lim maktablarida (5 ming nafardan ortiq o‘quvchi) koreys tili ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, lar koreys tilini o‘rganishmoqda.
Seoul Metropolitan Office of Education bilan hamkorlikda har yili Toshkent shahridagi 15 nafar informatika fani o‘qituvchisi ta’limda raqamli texnologiya uskunalari hamda sun’iy intellekt dasturlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarga interaktiv ta’lim berish imkoniyatlarini o‘rgatish bo‘yicha malakasi oshirildi.
Koreyaning “Hyundai ROTEM” tashkiloti bilan umumiy qiymati 70 ming dollarlik grant asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktablarga 50 ta kompyuter texnikasi va 20 ta smart doskalar yetkazib berildi.
Respublika maktablaridagi 57 nafar koreys tili o‘qituvchilari
va 28 nafar informatika fani o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan,
‒ 2025–2026 yillarda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) bilan maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi loyihalari umumiy qiymati 211 mln. AQSH dollariga yetdi. Hamkorlik doirasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim va til o‘rgatish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rtasida xitoy tilini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Hozirda 46 ta maktabda 5 000 ga yaqin o‘quvchi xitoy tilini o‘rganmoqda (3 tasida asosiy, 7 tasida ikkinchi til, 36 tasida fakultativ sifatida).
XXR bilan“5-9–sinflarda “Chet tili” va “Informatika” fanlarini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasi doirasida 1 303 ta o‘quv kompyuterlar jamlanmasi (21 695 ta kompyuter) maktablarga yetkazib berildi.
2026 yilda yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rtasida sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlikda SI bo‘yicha 10 ta darslik va qo‘llanma o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Ushbu darsliklar 2026-2027 o‘quv yilidan informatika dasturiga kiritiladi va 20 mingga yaqin o‘qituvchi qayta tayyorlanadi.
‒ Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyadagi “Norvich til ta’limi universiteti” (NILE) bilan hamkorlikda “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini yangi modelini yaratish” loyihasini respublika miqyosida 116 ta umumta’lim maktablarida muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
2025 yilda O‘zbekistonning 10 nafar vakili Norvich Xalkaro til ta’limi universitetida o‘quv treninglarida ishtirok etdi.
Xalqaro Bakalavriat (International Baccalaureate - IB) tashkiloti bilan IB dasturi O‘zbekistondagi maktablarda bosqichma bosqich joriy yetilmoqda.
“Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti transformatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Buyuk Britaniyaning “Kembridj Yuniversiti Press end Essessment” (Buyuk Britaniya) Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo‘yicha koordinator KING Stefen Richard “O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
2026 yilda 70 nafar o‘quvchini Buyuk Britaniyaga ta’lim safariga yuborish rejalashtirilgan.
Turkiya: Kelishuv asosida Istanbul shahrida 600 o‘rinli, o‘zbek tilida ta’lim beradigan xorijdagi ilk davlat maktabi qurilishi boshlandi (2026 yil 30 yanvarda tamal toshi qo‘yildi).
Yaponiya: JICA tashkiloti bilan hamkorlikda 2 mln. dollarlik grant hisobidan «Ta’lim sifatini oshirish» loyihasi (2025–2028 yy.) amalga oshirilmoqda.
Raqamli ta’lim: 10 mingdan ortiq maktabga «Canva for Education» platformasidan 3 yil bepul foydalanish imkoniyati (umumiy qiymati 20 mln. AQSH dollari) yaratildi.
