“Sun’iy intellekt – maktab” loyihasiga start berildi
2026-06-17 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda “Sun’iy intellekt – maktab” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ishtirok etib, mazkur loyihaning maqsadi, kutilayotgan natijalar va rejalar haqida so'z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Yangi O‘zbekiston" universiteti hamda “OSNOVA” MCHJ mas’ullari qatnashishdi.
Ma‘lumot o‘rnida: “Sun’iy intellekt – maktab” loyihasi ilk bora poytaxtimizdagi 9-maktabda tajriba-sinov tariqasida amaliyotga joriy etilmoqda.
Bunda maktablarning 9–11-sinf o‘quvchilari sun’iy intellektni amaliyot orqali o‘rganib, loyihalar ustida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Mazkur tajriba kelgusida boshqa maktablarga ham bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan.
