Koreys tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash kurslariga qabul e’lon qilinadi
2026-06-02 15:10:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Koreya Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Taʼlim markazi hamkorligida umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritish uchun koreys tili oʻqituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanganini maʼlum qiladi.
Kurslar gibrid shaklda tashkil etiladi. Bunda joriy yilning 1-iyulidan 15-avgustga qadar o‘quv mashg‘ulotlari oflayn shaklda, 2026-yil 15-avgustdan 2027-yil 10-yanvargacha esa onlayn shaklda o‘tkaziladi. Oflayn ta’lim davrida kurs ishtirokchilariga yotoqxona taqdim etiladi.
*Darslarning boshlanish sanalari oʻzgarishi mumkin.
Ushbu kursda o‘qishga quyidagi pedagoglarga ruxsat etiladi:
Ona tili va adabiyot o‘qituvchilari;
Chet tili va adabiyot o‘qituvchilari;
Rus tili o‘qituvchilari;
Davlat tili o‘qituvchilari;
Filologiya va til tayyorlash sohasi mutaxassislari;
Tegishli mutaxassislik bo‘yicha diplomga ega bo‘lgan, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan o‘qituvchilar;
Umumta’lim maktablarida kelgusida faoliyat yuritishni xohlovchi, koreys tilini biladigan o‘qituvchilar.
Tinglovchilarni saralashda koreys tilini biladiganlarga afzallik beriladi.
Qayta tayyorlash kurslariga o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
Pasport nusxasi;
Maktab yoki boshqa ta’lim tashkilotidan yo‘llanma (hozirda mehnat faoliyatini olib borayotgan shaxslar uchun; vaqtincha ishsiz shaxslardan yo‘llanma talab etilmaydi);
TOPIK sertifikati nusxasi (mavjud bo‘lsa) yoki koreys tilini bilish darajasini tasdiqlovchi boshqa sertifikat nusxasi (milliy sertifikat,CEFR).
Hujjatlar 2026-yil 1-iyundan 1-iyulgacha qabul qilinadi.
Nomzodlar hujjatlarini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin:
khonzoda43@gmail.com
Talabalarni o‘qishi va yashashi bilan bog‘liq xarajatlar Koreya ta’lim markazi tomonidan qoplanadi.
Bog'lanish uchun:
O‘zbekistondagi Koreya ta’lim markazi
(+998 71 291 81 82(3))
Ichki raqamlar:
• 108 – Madaminova Dinora
• 109 – Tuxtamurodova Xonzoda
Telegram orqali bog‘lanish:
• @dinora21 – Madaminova Dinora
• @khonzoda1103 – Tuxtamurodova Xonzoda
