Pedagoglar Janubiy Koreyadagi ilgʻor taʼlim muassasalari bilan yaqindan tanishmoqda
2026-05-21 16:00:00 / Yangiliklar
Ayni kunlarda yurtimiz umumtaʼlim maktablarining bir guruh informatika fani ustozlari Janubiy Koreya Respublikasi Seul shahridagi Yonsei Universiteti va Donam, Vire hamda Sangdo boshlangʻich maktablarida sunʼiy intellekt, robototexnika, zamonaviy dasturiy tizimlar va raqamli taʼlim platformalaridan foydalanilgan holda amaliy darslarni tashkil etish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishmoqda.
Shuningdek, pedagoglar Janubiy Koreyadagi ilgʻor raqamli taʼlim muassasalari hamda kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda.
Maʼlumot uchun: mazkur taʼlim safari xalqaro tajribani oʻrganish, taʼlim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha Seul taʼlim departamenti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “KLIC Training Program” loyiha doirasida tashkil etilmoqda.
