Yakuniy davlat attestatsiya imtihon kunlari belgilandi
2026-04-15 18:00:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining joriy yil 14-apreldagi tegishli koʻrsatma xatiga asosan, 9- va 11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun belgilangan fanlar hamda imtihonlarni boʻlib oʻtish sanalari belgilandi. Unga koʻra:
9-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar:
➖Ona tili va adabiyot (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun), Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) fanlari— 1-iyun kuni (yozma shaklda);
➖Matematika fani — 4-iyun kuni (yozma shaklda);
➖Oʻzbekiston tarixi fani — 8-iyun kuni (yozma va ogʻzaki shaklda);
➖Jismoniy tarbiya fani — 1-6-may kunlari (amaliy shaklda);
11-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar:
➖Ona tili va adabiyot (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun), Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) fanlari — 2-iyun kuni (yozma shaklda);
➖Matematika (asosiy), Matematika (chuqurlashtirilgan) fanlari — 5-iyun kuni (yozma shaklda);
➖Oʻzbekiston tarixi fani — 9-iyun kuni (yozma shaklda);
11-sinf oʻquvchilari uchun tanlov fanlari (barcha 11-sinf bitiruvchilari topshirishi majburiy)
➖Ona tili va adabiyoti (Qoraqalpoq va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti), Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari fanlari (yozma shaklda), Chet tili fani (yozma va ogʻzaki shaklda) — 12-iyun va 15-iyun kunlari
Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish tartibi:
9-sinflar uchun
11-sinflar uchun (O‘zbek tili)
Matematika (Asosiy)
Matematika (Chuqurlashtirilgan)
Chet tili (Ingliz, Fransuz, Nemis tillari)
11-sinflar uchun (Qoraqalpoq tili)
Matematika (Asosiy)
Matematika (Chuqurlashtirilgan)
Chet tili (Ingliz, Fransuz, Nemis tillari)
11-sinflar uchun (Rus tili)
Matematika (Asosiy)
Matematika (Chuqurlashtirilgan)
Chet tili (Ingliz, Fransuz, Nemis tillari)
11-sinflar uchun (Qirg‘iz tili)
Matematika (Asosiy)
Matematika (Chuqurlashtirilgan)
Chet tili (Ingliz, Fransuz, Nemis tillari)
11-sinflar uchun (Qozoq tili)
Metamatika (chuqurlashtirilgan)
Chet tili (Ingliz, Fransuz, Nemis tillari)
11-sinflar uchun (Tojik tili)
Matematika (chuqurlashtirilgan)
Chet tili (Ingliz, Fransuz, Nemis tillari)
11-sinflar uchun (Turkman tili)
Matematika (chuqurlashtirilgan)
Chet tili (Ingliz, Fransuz, Nemis tillari)
Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish tartibi
