Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oltiariq tumanidagi 29-maktabda bo‘ldi
2026-03-31 18:00:00 / Yangiliklar
Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk, UNICEF tashkilotining yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari Regina Mariya Kastijio Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi 29-maktabda bo‘ldi.
Mazkur maktab “Uzbekistan Vision 2030” Ishonch jamgʻarmasi loyihasi hisobidan ta’mirlangan bo‘lib, inklyuziv ta’limga moslashtirilgan.
Delegatsiya vakillari maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni, jumladan STEAM xonasi, inklyuziv sinf xonalari hamda maxsus yo‘laklarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan samimiy suhbat qurib, ta’lim jarayonini bevosita kuzatdi.
