"Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi
2026-02-17 14:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.
Mazkur hujjatda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar oldiga quyidagi 5 ta maqsadni o‘z ichiga olgan vazifalar belgilab berilgan. oʻtilgan:
1-maqsad: maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash;
2-maqsad: umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish;
3-maqsad: umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish;
4-maqsad: pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
5-maqsad: umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish.
Ushbu maqsadlar ichida joriy yilda amalga oshirilishi belgilangan quyidagi vazifalar qayd etilgan:
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (DXSH va oilaviy)ni oʻquv-metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar bilan taʼminlash;
maktabgacha taʼlim bilan qamrovni aholining demografik oʻsish koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda amaldagi 78 foiz darajasida saqlab qolish;
umumiy oʻrta inklyuziv ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
taʼlim ishtirokchilarini psixologik qoʻllab-quvvatlash sifatini oshirish maqsadida respublika taʼlim tashkilotlaridagi psixologik xizmat xodimlarini ilgʻor xorijiy tajriba va amaliyotlarga asoslangan malaka oshirish va stajirovkaga yuborish;
Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ulushini oshirish;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar sonini 2 ming nafarga yetkazish;
ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarini zamonaviy darslik majmualari bilan taʼminlash;
umumtaʼlim maktablarini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan taʼminlash;
umumtaʼlim maktablariga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachi va oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish;
nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari qamrovini kengaytirish;
nodavlat maktablar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash.
