Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
2025-12-15 12:00:00 / Yangiliklar
2025-yil 15-dekabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan
2024-2025-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, olimpiada gʻoliblari, ota-onalar, pedagoglar, davlat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, 2025-yilda yurtimiz oʻquvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etib, jami 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun: xalqaro fan olimpiadalarida 2019-yilda — 30 ta, 2020-yilda — 25 ta, 2021-yilda — 45 ta, 2022-yilda — 41 ta, 2023-yilda — 96 ta, 2024-yilda — 128 ta medal qoʻlga kiritilgan.
Joriy yilda yurtimiz oʻquvchilari tomonidan fan olimpiadalari tarixida yangi natija qayd etildi: Birlashgan Arab amirliklarida boʻlgan xalqaro kimyo olimpiadasida —
2 ta oltin, Boliviyada boʻlgan xalqaro informatika olimpiadasida — ilk kumush bilan taqdirlandi.
Shuningdek, yurtimiz oʻquvchi qizlari ilk marta Yevropa qizlar matematika olimpiadalarida qatnashdi hamda 3 ta (1 ta kumush, 2 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar joriy yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan
Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida 50 ta
(7 ta oltin, 13 ta kumush, 30 ta bronza), Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida 19 ta medal (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) bilan yakka peshqadam sifatida tan olindi.
Joriy yilda yurtimiz oʻquvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza), xususan:
— Birlashgan Arab amirliklarida 96 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush;
— Avstraliyada 105 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza;
— Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza;
— Parij shahrida 96 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro Fizika olimpiadasida — 2 ta bronza;
Xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (8 ta kumush, 3 ta bronza), xususan:
— Iordaniyada 62 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro ingliz tili olimpiadasida — 7 ta kumush (5 ta kubok);
— Tailandda 50 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro geografiya olimpiadasida — 2 ta bronza;
— Boku shahrida 42 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza, shuningdek, 14 ta mintaqaviy olimpiadada umumiy hisobda 138 ta (27 ta oltin, 41 ta kumush, 70 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.
Taqdirlash marosimida eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
— oltin medal sohibiga — 1 mlrd. 30 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 185,4 mln. soʻm;
— kumush medal sohibiga — 618 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln. soʻm;
— bronza medal sohibiga — 412 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln. soʻm
xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
— oltin medal sohibiga — 61,8 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 20,6 mln. soʻm;
— kumush medal sohibiga — 41,2 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 14,42 mln. soʻm;
— bronza medal sohibiga — 20,6 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 12,36 mln. soʻm.
mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
- oltin medal sohibiga — 4,944 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 20,6 mln. soʻm;
— kumush medal sohibiga — 3,296 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 14,42 mln. soʻm;
— bronza medal sohibiga — 2,472 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 12,36 mln. soʻm berildi.
Bundan tashqari, oʻquvchini olimpiadalarga tayyorlagan oʻqituvchining malaka toifasi bir pogʻona koʻtariladi, mintaqaviy xalqaro olimpiada gʻoliblari hamda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda, lavozim maoshiga 100 foiz har oylik ustama oladi.
Maʼlumot uchun: joriy yilda xalqaro fan olimpidalari gʻoliblari, ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat budjetidan jami 12 mlrd 424 mln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan (2019-yilgi 780 mln soʻmdan qariyb 17,5 barobarga koʻp).
