Özbekistonga keluvçi sayyohlar uçun tölovlar yanada qulaylaşmoqda
2026-10-22 14:10:00 / Yangiliklar

Yaqin kunlarda Apple Pay xizmatining ham işga tuşirilişi kutilmoqda. Bu boradagi texnik işlar Markaziy bank, tijorat banklari hamda HUMO va Uzcard tomonidan olib borilmoqda.
Mazkur qadam turizm sohasidagi islohotlar doirasida xorijiy sayyohlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, jumladan, dunyoning yetakçi tölov tizimlarini milliy infratuzilmaga integratsiya qiliş böyiça izçil olib borilayotgan işlarning davomidir. Maqsad sayyohlarga Özbekistonda ham özlari işongan va xavfsiz deb bilgan tölov vositalaridan foydalaniş imkonini berişdir.
Bunda sayyohlar oqimi jadal ösişi kutilayotgan Xitoy va Hindiston bozorlariga alohida eʼtibor qaratilib, Alipay+ hamda NPCI International tizimlari bilan integratsiya işlari olib borilmoqda. Jumladan, avgust oyida HUMO infratuzilmasida Alipay+ tölov şlyuzi işga tuşirildi. Endilikda Alipay va unga ulangan elektron hamyonlar foydalanuvçilari, avvalo, xitoylik sayyohlar Özbekistonda UZQR orqali tölovlarni amalga oşirmoqda.
Yaqinda Mumbayda bölib ötgan Global Finteç Fest 2026 doirasida esa HUMO va NPCI International (Hindiston) rahbariyati transçegaraviy QR-tölovlar töğrisidagi kelişuvni amalga oşirişning amaliy masalalarini muhokama qildi. UZQR va Hindistonning UPI tizimini birlaştiruvçi uşbu loyiha hindistonlik sayyohlarga savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarida özlari odatlangan ilovalar orqali QR-kodni skanerlab tölov qiliş imkonini beradi.
Mazkur çoralar xorijiy mehmonlarni naqd pul va xalqaro kartalarga boğliqlikdan xalos etib, Özbekistonni sayyohlar uçun yanada oçiq va qulay manzilga aylantirişga, mamlakatning turizm salohiyatidan töliq foydalanişga xizmat qiladi.
