Yoshlar yetakchilariga Xitoy tajribasi o‘rgatilmoqda
2025-09-14 09:30:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda yoshlar yetakchilarining bir guruhi Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekinda joylashgan Davlat boshqaruvi milliy akademiyasida malaka oshirmoqda.
Mazkur akademiya Xitoyda davlat xizmatchilari va rahbar kadrlarni tayyorlash bo‘yicha eng nufuzlilardan biri hisoblanadi.
O‘quv jarayonida yoshlar yetakchilari davlat boshqaruv tuzilmasini chuqur o‘rganish, xalqaro tajriba asosida yangi g‘oyalar ishlab chiqish va ularni mahallalarda tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.
Akademiya orqali davlat boshqaruvi, strategik rejalashtirish, innovatsion menejment va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarida ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish hamda amaliyotga tadbiq etish imkoniyati yaratilmoqda.
#xitoytajribasi #xalqaroHamkorlik
