Urganch tumanida amaliy seminar tashkil etildi
2025-09-08 09:50:00 / Yangiliklar

Urganch tumani hokimligi binosida viloyatga olib kelingan yangi paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish yuzasidan nazariy va amaliy o'quv seminari bo'lib o'tdi. Seminarda Xitoydan tashrif buyurgan mutaxassislar ma'ruza qilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Ushbu seminar Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi №04/1-2933-sonli ko'rsatmasiga asosan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
