TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2025-09-16 10:30:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibida:
- Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali 2025-yil 2-mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
- Urganch tumanidagi ayrim qabristonlarga nom berish to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
- Urganch tumanining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ekologik “master-reja”si to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berishning 3- chorak reja-grafigini tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi ““Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori ijrosi to`g`risida;
- Urganch tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida va boshqa masalalar.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlari tinglandi, shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.
