Urganch tumanida faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi Xitoyda
2025-05-16 10:50:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan joriy yilning 13-28-may kunlari Yanlin yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi sanoatining namoyish zonasida Xalqaro almashinuv markazi tomonidan SHHT davlatlari uchun barqaror rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha
tashkil etiladigan seminarda ishtirok etish uchun 13 nafar hokim yordamchilari ro‘yxati shakllantirilib, ushbu dastur doirasida Urganch tuman "Oyoqbog'" mahallasi hokim yordamchisi Islombek Xudayberganov Xitoyda xizmat safarida bo'lib turibdi.
Tashrif davomida kambag’allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash masalalari va bu borada u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, tajriba almashmoqda.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
