«Salomatlik uchun 5000 qadam yurish» marafoni tashkil etildi
2025-04-17 10:00:00 / Yangiliklar
Urganch tumani Turkmanlar mahallasida “5000 qadam” yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. “Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda mahalliy tashkilotlar, xususiy sektorda faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimiz, shuningdek, 500 nafardan ortiq fuqarolar faol ishtirok etdilar.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati

