Urganch tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xodimlari tomonidan targ’ibot uchrashuvi o’tkazildi
2026-10-12 10:30:00 / Yangiliklar

Urganch tumani Ichki ishlar bo’limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi xodimlari Urganch davlat universiteti Kimyo texnologiyalari fakulteti binosida talabalar bilan targ’ibot uchrashuvi o’tkazdi.
Uchrashuv davomida kiberjinoyatlarning oldini olish hamda yoshlar o’rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ichki ishlar xodimlari talabalarga mazkur jinoyatlarning jamiyat va yosh avlod hayotiga yetkazadigan zarari, ularning huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, talabalar bilan profilaktik suhbat o’tkazilib, internet tarmog’ida o’zini ehtiyotkorlik bilan tutish, shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik, gumonli havolalar va firibgarlik holatlariga qarshi hushyor bo’lish bo’yicha tavsiyalar berildi. Giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligiga, kelajagiga va oila farovonligiga salbiy ta’siri haqida ham fikr yuritildi.
Tadbir yakunida talabalarning savollariga javoblar berildi. Yoshlarni zararli illatlardan asrash, ularni huquqbuzarliklardan himoya qilish maqsadida bunday targ’ibot tadbirlari kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.



