YOSHLAR VA SPORT INFRATUZILMASIGA E’TIBOR
2026-09-18 10:30:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati, tuman hokimi G.Sultanov tumandagi markaziy o‘yingohda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida sport majmuasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mavjud infratuzilmani yangilash va hududni zamonaviy talablarga moslashtirish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
Yangilanish ishlari yakunlangach, markaziy o‘yingoh tuman yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish uchun munosib maskanga aylanishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, sport inshootlaridan samarali foydalanish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yoshlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



