Bugun 24-avgust kuni Urganch tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi G. Sultanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo'lib o'tdi
2026-08-24 12:20:00 / Yangiliklar

Qabulga tashrif buyurgan fuqarolar ichki yo'llarni ta'mirlash, kadastr va moddiy yordam kabi masalalarda murojaat qilishdi.
Murojaatlarning aksariyati huquqiy tushuntirish berish orqali shu yerning o'zida ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, qolgan masalalar yuzasidan mas'ul tashkilot xodimlariga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tuman hokimi va hokim o'rinbosarlarining Xalq qabulxonasidagi shaxsiy qabullari har hafta belgilangan vaqtda bo'lib o'tmoqda.
🇺🇿Urganch tumani hokimligi axborot xizmati




