⚡️Xamid Olimjon mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-18 10:00:00 / Yangiliklar

🔝 Bugun, 18-iyul kuni, Xamid Olimjon mahallasida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati G. Sultanovning fuqarolar uchun sayyor qabuli tashkil etildi.
‼️ Qabul davomida mahalla aholisining murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
✅ Sayyor qabullar aholining muammolarini joyida hal etish, murojaatlarga bevosita samarali yondashuvni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
🇺🇿Urganch tumani hokimligi axborot xizmati




