Mahallalarda obodlik va mehr-saxovat muhiti yana-da mustahkamlanmoqda
2026-07-18 10:10:00 / Yangiliklar

Urganch tumanidagi mahallalarda ham “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va hashar tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Tumanning barcha mahallalarida aholi, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar birlashib, hududlarni obod qilish, atrof-muhitni toza saqlash va yashil hududlarni parvarishlash ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Tadbirlar davomida ko‘cha va yo‘laklar tartibga keltirilib, ariq-zovurlar tozalandi, daraxtlar oqlandi, chiqindilar olib chiqildi hamda mahallalarning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar bajarildi.
🇺🇿Urganch tumani hokimligi axborot xizmati




