Urganch tumanida eng yuqori oʻsish taʼlim xizmatlarida qayd etildi
2026-06-02 09:25:00 / Yangiliklar

📊 2026-yilning yanvar-mart oylarida Urganch tumanida 424,0 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish 16,2 % ni tashkil qilgan.
📶 Tumanda xizmatlar umumiy hajmining oʻsishiga:
🎓 taʼlim xizmatlarining – 40,6 %
🚖transport xizmatlarining – 27,2 %
🛒 savdo xizmatlarining – 19,6 %
💰 moliyaviy xizmatlarning – 19,5 % oshgani ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
