Payshanba - Yoshlar kuni
2026-05-07 10:30:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" bo‘lishi belgilandi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/7038)
Bugun tumani hokimi G. Sultanov sport maktabi faoliyatini o'rgandi. O'rganish davomida sport maktabidagi to'garaklar, aholi va yoshlarni sportga jalb qilish bo'yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Turkiya davlatida bo'lib o'tadigan "Jiu-jitsu" sport turi bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi tumanimiz sportchi yoshlari bilan uchrashdi va taklif va tashabbuslari tingladi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati


