Urganch tumanida mas'ullarga kompyuter jamlanmalari topshirildi
2026-03-30 10:30:00 / Yangiliklar

Urganch tumani mahallalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlariga tuman hokimligi tomonidan zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Mazkur tashabbus hududda ijtimoiy faoliyatni yanada samarali tashkil etish va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborot almashinuviga xizmat qiladi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati






