✳️ Urganch tumanida Murojaatnoma targ‘iboti izchil davom etmoqda
2026-01-08 10:35:00 / Yangiliklar

✅Urganch tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2026-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi maktab jamoasi o‘rtasida keng targ‘ib qilindi.
✅Targ‘ibot tadbiri davomida Murojaatnomada belgilab berilgan muhim yo‘nalishlar, jumladan, ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, yoshlar tarbiyasi, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda xalq farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
⭐Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun tushunarli tarzda izohlanib, ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada belgilangan vazifalar har bir soha vakili uchun muhim dasturilamal ekanini alohida ta’kidladilar.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
