Kuzgi boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.
2026-01-06 10:30:00 / Yangiliklar

Mazkur seminarda boshoqli ekinlarni yetishtirishda zamonaviy va innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etishhamda hosildorlikni oshirish masalalari muhokama etildi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari O‘ktam Masharipov, soha mutaxassislari, agronomlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida mirishkorlarning bilim va tajribasini oshirish, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi. Shuningdek, ekinlarini parvarishlash, mineral o‘g‘itlardan foydalanish, agrotexnik tadbirlarni qo‘llash, suv resurslaridan tejamkor foydalanish bo‘yicha amaliy va nazariy tavsiyalar berildi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati







