📣 E’LON “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Ulug‘nor tumani prokurori Sh. Temirov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
2026-08-05 09:10:00 / Yangiliklar
Mazkur uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanadi hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda amaliy choralar belgilanadi.
🗓 Sana: 6-avgust, payshanba
⏰ Vaqt: soat 08:30
📍 Manzil: Ulug‘nor tumani hokimligi majlislar zali.
Hurmatli yoshlar! Sizni ushbu ochiq muloqotda faol ishtirok etishga va o‘zingizni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishga taklif etamiz.

