📣 E’LON Ulug‘nor tumani IIB boshlig‘i A. Jabborov ishtirokida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.
2026-08-05 09:05:00 / Yangiliklar
Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirayotgan va qiynayotgan masalalar, taklif hamda tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli amaliy choralar belgilanadi.
🗓 Sana: 6-avgust, payshanba
⏰ Vaqt: soat 08:30 dan boshlab
📍 Manzil: Ulug‘nor tumani, Shahriobod mahallasidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi.
Aziz yoshlar, sizni ushbu ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

