“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-07-08 14:00:00 / Yangiliklar
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Ulug‘nor tumani prokurori Sh.Temirov probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida probatsiya nazoratidagi shaxslarning qonunlarga rioya etishi, qayta huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishining oldini olish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy hayotga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tushuntirish va profilaktik suhbatlar olib borildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.




