Dual ta’lim – nazariya va amaliyot uyg‘unligi!
2026-06-10 14:20:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tuman texnikumi o‘quvchilari dual ta’lim tizimi doirasida Baliqchi tumani Sarnovul MFY hududida joylashgan “Chinobod Real” MChJ intensiv baliq yetishtirish korxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar zamonaviy baliq yetishtirish texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayonlari va sohadagi innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Korxona mutaxassislari tomonidan amaliy tavsiyalar berilib, o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar taqdim etildi.
Bunday amaliy uchrashuvlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajak faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📚 Bilim + amaliyot = muvaffaqiyat sari qadam!







