Dolzarb masalalar muhokamasi: hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-06-08 09:20:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi M. Ahmadjonov boshchiligida hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirok etdi.
Kun tartibida og‘ir mahallalarda ishlarni jadallashtirish, yoshlar bilan ishlash va “Ayollar daftari” tizimi, investitsiyalarni jalb qilish hamda kambag‘allikni qisqartirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalar, energiya samaradorligini oshirish va raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yakunda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi hamda ijro intizomini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.







