🌾 𝑮‘𝒂𝒍𝒍𝒂 𝒐‘𝒓𝒊𝒎𝒊 𝒐𝒍𝒅𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒆𝒉𝒔𝒐𝒏 𝒕𝒂𝒅𝒃𝒊𝒓𝒊 𝒐‘𝒕𝒌𝒂𝒛𝒊𝒍𝒅𝒊
2026-06-03 06:00:00 / Yangiliklar
🌾 𝑮‘𝒂𝒍𝒍𝒂 𝒐‘𝒓𝒊𝒎𝒊 𝒐𝒍𝒅𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒆𝒉𝒔𝒐𝒏 𝒕𝒂𝒅𝒃𝒊𝒓𝒊 𝒐‘𝒕𝒌𝒂𝒛𝒊𝒍𝒅𝒊
Bugun Ulug‘nor tumanida 2026-yilgi g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi oldidan ehson tadbiri tashkil etildi. Unda fermer xo‘jaliklari vakillari, otryad rahbarlari, ichki ishlar xodimlari hamda nuroniylar ishtirok etdi. Tadbir davomida ehson dasturxoni yozilib, nuroniylar tomonidan mavsumning barakali o‘tishi, yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun duo qilindi.
Mazkur tadbir g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.










