Ulug’nor tumanida 2026-yilning aprel oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida
2026-04-30 10:00:00 / Yangiliklar

Ulug’nor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli farmoni, 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Ulug’nor tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tahlillarga ko‘ra, tuman hokimligiga 2026-yilning aprel oyida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 ta (11 ta Farmon, 12 ta qaror, 3 ta majlis bayoni) hujjatlarida 245 ta topshiriqlar kelib tushgan.
Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taalluqli boshqarma, tashkilotlarga hamda shahar, tuman hokimliklariga ijro uchun yuborilgan.
Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 245 tasi barchasi bajarilgan.
Shu jumladan, joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida mas’ul bo‘lgan 125 ta, Administrasiya rahbari hujjatlarida 18 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 53 ta topshiriqlari bajarilishi belgilangan bo‘lib, mazkur topshiriqlarning belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash choralari ko‘rildi.
Ta’kidlash lozimki, tuman hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Haftaning har dushanba kuni tuman hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul tuman hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, taalluqli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida, tuman korxona va tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 2026-yilning o`tgan 4 oyi davomida 4 ta korxona va tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘tkazilgan tahlillar, muhokamalar va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarmaslik va ijrosini kechiktirish holatlariga yo‘l qo‘yganligi aniqlandi.
Tuman hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘lik va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olinadi.
Ma’lumot tayyorladi:
S.Mirzakarimov – Ulug’nor tumani hokimligi
Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i
