Ulug‘nor tumanida qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-04-22 10:00:00 / Yangiliklar
Ulug'nor tumani hokimi M. Axmadjonov “Omadbek – kelajagi” fermer xo‘jaligida Namuna va Oq oltin massivlarida faoliyat yuritayotgan paxta-g‘alla yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, pilla yetishtirishni yanada rivojlantirish, dala chetlarida chorvachilikka ixtisoslashgan binolarni barpo etish hamda umumiy samaradorlikni oshirish masalalari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, fermerlarga mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, hosildorlikni oshirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.






