Sayyor qabul
2026-04-06 18:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov Ulug‘bek mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari batafsil tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq va ijrosi nazorat qilinadigan topshiriqlar berildi.
Fuqarolar asosan quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi:
mahalladagi infratuzilmani rivojlantirish va yaxshilash;
bandlikni ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish;
ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash choralari;
boshqa dolzarb va mahalliy ahamiyatga ega masalalar.
Qabul jarayoni samarali tashkil etilib, fuqarolar bilan muloqotda ularning muammolarini tezkor va amaliy yechish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.








