𝑼𝒍𝒖𝒈‘𝒏𝒐𝒓𝒅𝒂 𝒇𝒖𝒕𝒃𝒐𝒍 𝒔𝒉𝒖𝒌𝒖𝒉𝒊: “𝑫𝑿𝑿 𝒌𝒖𝒃𝒐𝒈𝒊”𝒈𝒂 𝒔𝒕𝒂𝒓𝒕 𝒃𝒆𝒓𝒊𝒍𝒅𝒊!
2026-03-30 18:00:00 / Yangiliklar
lug‘nor tumani 20-umumta’lim maktabi mini futbol o‘yingohida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan DXX kubogi futbol va mini futbol musobaqalari o‘z ishini boshladi. Tadbirda tumandagi 23 ta mahalla jamoasi bir joyga jam bo‘lib, musobaqaga katta qiziqish bilan start berdi.
Ochilish marosimida yoshlarga va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. O‘yin tashkilotchilari barcha jamoalarga omad, kuch va muvaffaqiyat tiladilar.








